"Manchester Yunayted" Fernandeshning transferidan so'ng Pogbani sotishga tayyor
31 jan 2020 11:30
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Fernandeshning transferidan so'ng Pogbani sotishga tayyor
"Manchester Yunayted" xavbek Pol Pogba bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
MYU yaqinda "Sporting"dan Bruno Fernandeshni xarid qilganidan so'ng, muammoli bo'lib turgan Pol Pogbani sotib yuborishga tayyor.
Klub xo'jayinlari hatto uning tovon pulini kamaytirishga ham tayyorlar. Bunga qadar ular o'z xavbeklari uchun 150 million funt so'rashayotgan edi.
Pogba joriy mavsum APL doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar