"Manchester Yunayted" Fernandesh o'rniga boshqa o'yinchini xarid qilmoqchi
21 jan 2020 13:55
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Fernandesh o'rniga boshqa o'yinchini xarid qilmoqchi
"Sporting" xavbeki Brunu Fernandeshning "Manchester Yunayted"ga transferi amalga oshmaydigan bo'ldi.
SHu sabab manchesterliklar rahbariyati portugaliyalik futbolchining o'rniga boshqa o'yinchini xarid qilmoqchi.
Xabar berilishicha, "Manchester Yunayted" "Inter" yarim himoyachisi Matias Vesinoni nishonga olgan. Klub yanvarda o'yinchini transfer qilmoqchi.
"Inter" esa Vesinoni qishda sotmoqchi emas. O'yinchiga oldinroq "Everton", "Sevilya" va "Roma" klublari qiziqmoqda.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar