"Manchester Yunayted" Evropa Ligasi rekordini yangiladi
08 noy 2019 12:52
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Evropa Ligasi rekordini yangiladi
"Manchester Yunayted" Evropa Ligasi guruh bosqichida "Partizan" (3:0)ni mag'lub etgan holda, pley-off masalasini muddatidan oldin hal qildi.
"Qizil iblislar" ushbu musobaqadagi 15ta o'yinda ham mag'lubiyatga uchrashmadi (11 g'alaba, 4 durang).
Bu Evropa Ligasi ishtirokchilari orasidagi eng uzun seriyadir.
MYU shuningdek Evropa Ligasi guruh bosqichidagi ketma-ket 6ta o'yinda ham gol o'tkazib yubormadi.
Oxirgi marta "qizil iblislar" darvozasiga pley-offga qadar 2016 yil noyabrda "Fenerbaxche" (2:1) to'p kiritgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar