"Manchester Yunayted" etakchisi "Arsenal"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin
27 sen 2019 15:08
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" etakchisi "Arsenal"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba "Arsenal"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkinligini aytdi.
"Pogba "Rochdeyl"ga qarshi bahsda o'ynadi. U 90 daqiqa ajoyib harakat qildi, ammo to'pig'iga berilgan zarba tufayli to'pig'i shishib ketdi", - deydi Sulsher.
"SHunday ekan, Pol "Arsenal"ga qarshi bahsgacha tiklanish uchun hamma imkoniyatini ishga solmoqda".
Pogba joriy mavsum MYU safida barcha turnirlarda 5ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, MYU - "Arsenal" o'yini 30 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar