"Manchester Yunayted" Edegor bilan shartnoma imzolashga tayyor

Alisher
13 avg 2020, 15:33
Norvegiyalik futbolchi "qizil iblislar" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

Mavsumni "Real Sosedad"da o'tkazgan Madridning "Real" klubi futbolchisi Martin Edegor "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.

Manchesterliklar hujum chizig'ini kuchaytirishmoqchi, 20 yoshli o'yinchi esa jamoaning uslubiga mos kelishi mumkin.

Yarim himoyachi joriy mavsum La Liga doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun