"Manchester Yunayted" De Xeani ijaraga bermoqchi
09 apr 2021 23:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630139_original.jpg)
![](/upload/storage/630139_220.jpg)
"Manchester Yunayted" De Xeani ijaraga bermoqchi
Darvozabon David de Xeaning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda.
Ushbu mavsumda ispaniyalik posbon asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi va Din Xenderson bilan raqobatda mag'lub bo'lmoqda. Undan tashqari, 30 yoshli posbonning maoshi yuqoriligi sababli klub uni boshqa jamoaga ijaraga berishga tayyor bo'lib turibdi.
Ammo klubdagilar jamoaning uzoq yillik posbonini sotib yubormoqchi bo'lmayapti. David ushbu mavsumda 24 o'yinda qatnashib, shularning 10tasida gol o'tkazib yubormadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar