"Manchester Yunayted" darvozaboni uchun top-jamoalar kurashmoqda
06 fev 2019 22:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/475959_original.jpg)
![](/upload/storage/475959_220.jpg)
"Manchester Yunayted" darvozaboni uchun top-jamoalar kurashmoqda
"Bavariya" va "Yuventus" "Manchester Yunayted" darvozaboni Din Xendersonning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
ESPN xabariga ko'ra, Germaniya va Italiya jamoalari bir necha mavsumlardan buyon golkiperni kuzatib borishmoqda. Uning transferi yozda amalga oshishi mumkin.
21 yoshli Din "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hozirda u ijara asosida "SHeffild Yunayted" darvozasini ko'riqlamoqda. U bu mavsumda 30 o'yinda 31 gol o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar