"Manchester Yunayted" braziliyalik yosh futbolchiga qiziqmoqda Yangiliklar

"Manchester Yunayted" braziliyalik yosh futbolchiga qiziqmoqda

Angliya klubi Braziliyaning "Atletiko Paranaense" hujumchisi Vitor Rokeni tarkibiga qo'shib olishni istaydi.

17 yoshli braziliyalik forvardning klubidagi va terma jamoadagi harakatlariga yuqori baho berilmoqda. Ayniqsa, o'tgan haftada Braziliya U-20 terma jamoasi safida Janubiy Amerika birinchiligida Peruga qarshi o'yinda erishgan dubli uning davogarlarni orttirib yubordi. 

Yosh hujumchining klubi bilan shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli 60 mln evroni tashkil qiladi. "Qizil iblislar" PSJ qiziqishlarini amaliy harakatga aylantirmasidan avval ishga kirishmoqchi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика