"Manchester Yunayted" baza yonidagi ko'chani mahalliy aholi uchun yopib qo'ydi
14 fev 2017 13:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/240243_original.jpg)
![](/upload/storage/240243_220.jpg)
"Manchester Yunayted" baza yonidagi ko'chani mahalliy aholi uchun yopib qo'ydi
"Manchester Yunayted" rahbariyati klubga aloqador bo'lmagan shaxslar uchun Karringtondagi baza yonidan o'tuvchi ko'chani yopib qo'ydi.
Klub xavfsizlik xizmati yaqin atrofdagi uylarda yashovchilarga bu ko'chadan endi o'tib bo'lmasligini malum qilib chiqishdi.
Ko'chaga kirishda quyidagi so'zlar yozilgan belgi o'rnatilgan: "Kirish mumkin emas. Xususiy mulk. Qoidaga rioya qilmaslik qonun bo'yicha jazolanadi".
Taqiq ushbu er hududiga egalik qiluvchi HIMOR kompaniyasi tomonidan o'rnatildi. Bunga sabab mahalliy aholi baza atrofidagi yo'llarni ahlatxonaga aylantirishi bo'ldi.
"Manchester Yunayted" bu qaror javobgarligini er egalariga yukladi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar