“Manchester Yunayted” “Atalanta”ga 60 million funtdan ko'p bermaydi
25 iyu 2023 10:08
Yangiliklar
“Manchester Yunayted” “Atalanta”ga 60 million funtdan ko'p bermaydi
“Manchester Yunayted” “Atalanta” hujumchisi Rasmus Xoylundga 60 million funtdan ko'p bermaydi.
Inglizlar ushbu haftada birinchi rasmiy taklifni yuborishadi. Rasmus Xoylund esa allaqachon “Qizil iblislar”da o'ynashga roziligini bildirib bo'lgan.
Avvalroq, “Atalanta” 20 yoshli hujumchisining transfer narxini 86 million funt etib belgilagandi. Agar italiyaliklar hujumchisini narxini tushirmasa, MYU boshqa hujumchi izlashga kirishadi.
O'tgan mavsumda Xoylund 42 o'yinda 16 gol va 7 assist qayd etdi. SHuningdek, daniyalik hisobida terma safidagi 6 ta o'yindagi 6ta gol ham bor. "Transfermarkt" hujumchini 45 million evroga baholamoqda.
Fikrlar