“Manchester Yunayted” APLda “Tottenxem”, “CHelsi” va “Man Siti”ning natijasini takrorladi
18 dek 2020 08:45
Yangiliklar


“Manchester Yunayted” APLda “Tottenxem”, “CHelsi” va “Man Siti”ning natijasini takrorladi
“Manchester Yunayted” APL 13-turi doirasida safarda “SHeffild Yunayted”ni mag'lub etdi (3:2).
O'tgan mavsumdan hisoblansa Manchester jamoasi APLdagi ketma-ket 10 ta safar o'yinida g'alaba qozondi.
Qayd etilishicha, MYUga qadar faqat 3 ta jamoa APLning ketma-ket 10 ta safar o'yinida g'alaba qozongandi. Bular: “Tottenxem” (1960 yil, 10 ta g'alaba), “CHelsi” (2008 yil, 11 ta g'alaba) va “Manchester Siti” (2017 yil, 11 ta g'alaba).
MYU navbatdagi safar o'yinini 26 dekabrda “Lester”ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar