So’nggi yangiliklar

19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  0 19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  7 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

"Manchester Yunayted" afsonasi 43 yoshda. Uning hayoti va faoliyati haqida Yangiliklar

"Manchester Yunayted" afsonasi 43 yoshda. Uning hayoti va faoliyati haqida

Teglar :  Devid Bekxem
Bugun Devid Bekxem 43 yoshga to'ldi. Biz sizlarga futbolchi haqida malumotlar beramiz.

BEKXEMNING BOLALIGI

U 1975 yilning 2 may kunida tavallud topgan. Uning otasi Londonda oshxonasi montajchisi, onasi sartarosh edi. Agarda onasi yarim yahudiy bo'lsa, Devidning o'zi ham shunday bo'lishi kerak edi. SHu boisdan u dinga etarlicha berilgan va cherkovlarga juda ko'p borardi. Uning oilasidagilar esa "Manchester Yunayted"ning o'yinlariga olib borishardi.

Qarang, yosh bolakay Bobbi CHarltonning futbol maktabiga qabul qilindi! Uning otasi o'sha vaqtda "Rijuey Rovers" klubi murabbiyi bo'lgandi. Yosh Bekxem o'sha jamoa tarkibida yaxshi o'yin namoyish qildi. 11 yoshida esa "Manchester Yunayted" libosini kiyib maydonga tushish sharafiga erishdi. 14 yoshga etganida esa MYUning akademiyasi bilan shartnoma imzoladi.

BEKXEMNING FAOLIYATI

U yoshlar o'rtasidagi Angliya kubogini qo'lga kiritdi.1992 yilda "Yunayted" bilan professional shartnoma imzoladi va asosiy tarkibda ilk marta maydonga tushdi. Keyinchalik ketma-ket g'alabalarga erishdi. 1996 yilda esa unga Angliya terma jamoasidan “sovchi”lar kela boshladi. 1997 yilda esa "Manchester Yunayted"da eng yaxshi yosh futbolchi bo'ldi. Oradan bir necha yillar o'tib, u "Real"ga ko'chib o'tdi va uning yutuqlari soni yanada ko'paydi. 2007 yilda esa uning shartnomasi yakunlandi va "Los-Anjeles Gelaksi" futbolchisiga aylandi.

SHu orqali Amerika futboliga bo'lgan qiziqish oshib ketdi. Bekxem - OAV nigohida yuradigan inson. Amerikadagilar esa bundan g'azablandilar va uning jamoadagi so'nggi o'yinlarida"Yarim nafaqadagi futbolchi" deb yozilgan plakatlar ko'tarib turishdi. Lendon Donovan klubga ultimatum qo'ydi: yoki Bekxem yoki u jamoadan ketadi. SHu boisdan u Amerikadagi faoliyati yakunlaganidan keyin Evropaga qaytdi va "Milan" tarkibida o'ynashni boshladi. 

Bekxem 2010 yilgi JCHni oyog'idagi jarohati sababli o'tkazib yubordi. 2011 yilda esa "Tottenxem" bilan birgalikda mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Keyinroq uni "Lester" o'z safiga chorladi. Biroq u futbol uchun qarib qolganini his qildi. Ayni damda Bekxem MLSda o'z jamoasini ochishni niyat qilmoqda.

BEKXEMNING SOVRINLARI

2003 yilda u Britaniya imperiyasining oficeri unvonini qo'lga kiritgan. 2005 yilda esa YUNISEFning elchisi bo'lib ishladi. "Forbes" nashri esa uni "Buyuk 100 britaniyalik" reytingiga kiritdi. "Arena" nashri esa uni shunday ro'yxatning 1-o'riniga qo'ydi. U "Time" jurnalining ham shu kabi ro'yxatidan o'rin oldi.

BEKXEMNING HAYOTI

Uning rafiqasi - bir necha ko'rsatuvlarda mashhur bo'lgan Viktoriya Bekxem. Ularning uch nafar o'g'li - Bruklin Jozef 12, Romeo Jeyms 16 va Kruz Devid 13 yoshda. SHuningdek 7 yoshli Xarper Seven ismli qizi bor. Devidning tanasida barcha farzandlarining ismi tatuirovkasi tushirilgan.

Ayni damda u Mayamida yashamoqda. Uning tug'ilgan kuni bilan tabriklaymiz va kelgusi hayotiga yanada omadlar tilaymiz.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика