"Manchester Yunayted" 62 mln evro evaziga himoyachi sotib olishga yaqin

Alisher
20 iyun 2019, 10:49
"Kristal Pelas" himoyachisi Aaron Van-Bissaka MYUga o'tishga yaqin.

"Qizil iblislar" allaqachon futbolchi bilan 62 million evrolik bitimga kelishib bo'lishgan. 21 yoshli qanot himoyachisi o'tgan mavsum "Kristal Pelas" safida, barcha turnirlarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assistga erishgan.

Van-Bissaka "Kristal Pelas" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shuningdek Angliyaning U-21 terma jamoasida ham harakat qiladi.

Futbolchi bilan bir qiziq holat mavjud. U 2015 yilda Kongo DRning 20 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida harakat qilgan. 2018 yilda esa Angliyaning U-20 hamda U-21 termalarida to'p tepdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Record