"Manchester Yunayted" yozda katta transferlarga tayyorgarlik ko'ryapti
11 mar 2015 18:45
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" yozda katta transferlarga tayyorgarlik ko'ryapti
Xabarlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" rahbariyati transferlar uchun Lui van Gal so'ragan mablag'ni taqdim etmoqchi.
O'ng qanot himoyachisi roliga "Sautgempton" futbolchisi Nataniel Klayn, himoya markaziga Mats Xummels va Eymerik Laporta xarid qilinishi kutilmoqda. Kevin Strotman va Edinson Kavanining transferi so'roq ostida.
SHu bilan birga, Radamel Falkao shartnomasi sotib olinmaydi va quyidagi futbolchilar transferga qo'yiladi yoki ular bilan shartnoma uzaytirilmaydi: Fil Jons, Jonni Evans, Rafael, Kris Smolling va Xaver Ernandes.

Fikrlar