"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi muxlislarga ochiq xat yozdi
07 mar 2014 11:57
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi muxlislarga ochiq xat yozdi
Maktub matni The Guardian nashri tomonidan elon qilingan.
Moyesning so'zlariga ko'ra, jamoa g'alabalarga erishayotgan vaqtda uni qo'llab-quvvatlash oson. Jamoada og'ir vaqtlar boshlanganida esa unga sodiqlikni bildirish biroz qiyin bo'ladi. Murabbiy eng yomon vaqtlarda ham MYU bilan birga qolayotgan muxlislarga minnatdorlik bildirdi.
Moyes "Yunayted" ishqibozlarini Angliyada eng yaxshilari deb atab, jamoa uchun hozirgi og'ir vaqtlarda futbolchilarni imkon qadar ko'proq qo'llab turishga chaqirdi. Murabbiyning umid bildirishicha, yaqin vaqt ichida "Yunayted" yana ijobiy natijalar ko'rsatishni va sovrinlarni qo'lga kiritishni boshlaydi.
Jamoaning qoniqarsiz natijalari sabab Moyes butun mavsum davomida tanqid ostida qolmoqda. Xususan, MYU Angliya chempioni unvonini himoya qilish imkoniyatidan deyarli mahrum bo'lib ulgurdi. Bundan tashqari, jamoa CHempionlar ligasining kelasi mavsumi uchun yo'llanmani qo'lga kirita olmasligi ham mumkin.
Evropa klublarining bosh musobaqasi hisoblangan CHempionlar ligasining joriy mavsumidagi ishtirokini "Manchester Yunayted" nimchorak finaldayoq to'xtatishi mumkin. Jamoa Greciyaning "Olimpiakos" jamoasiga qarshi kechgan birinchi o'yinda 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.
Joriy mavsum Moyes "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi sifatida birinchi marta ishlamoqda. SHotlandiyalik mutaxassis jamoa bosh murabbiyi o'rnida 1986 yildan 2013 yilgacha bo'lgan Aleks Fergyusonni almashtirgan edi.

Fikrlar