"Manchester Siti"ning yana ikki futbolchisi koronavirusga chalindi
06 jan 2021 18:44
Yangiliklar


"Manchester Siti"ning yana ikki futbolchisi koronavirusga chalindi
"Manchester Siti" koronavirus bilan bog'liq yangi holatlar haqida malumot berdi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, darvozabon Skott Karson va yarim himoyachi Koul Palmer musbat test topshirgan. Uchinchi kasallangan ismi aytilmayotgan klub xodimidir.
"Manchester Siti"da o'tgan hafta ham kasallanish holatlari ro'y bergandi. SHu sabab Xosep Gvariola jamoasining "Everton"ga qarshi o'yini ko'chirilgan edi.
Bugun, yani 6 yanvar kuni "Manchester Siti" Angliya liga Kubogi yarim finali doirasida "Old Trafford"da "Manchester Yunayted" bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar