"Manchester Siti"ning o'z "Petr CHex"i paydo bo'ldi (foto) Yangiliklar

"Manchester Siti"ning o'z "Petr CHex"i paydo bo'ldi (foto)

Teglar :  Ederson
Bir necha kun avval "Manchester Siti" darvozaboni Ederson "Liverpul"ga qarshi bahsda jiddiy jarohat olgan edi.

"SHaharliklar"ning yirik g'alabasi (5:0) bilan tugagan o'yinda, "qizillar" futbolchisi Sadio Mane braziliyalik posbonning yuziga zarba berdi va Ederson uchrashuvni muddatidan avval yakunladi.

Ederson kecha shifokorlar ruxsati bilan yana mashg'ulotlarda ishtirok etdi, biroq maxsus bosh kiyimda.

Eslatib o'tamiz, Petr CHex 2006 yilda boshidan jarohat olgani tufayli hozirgacha shunga o'xshash bosh kiyimda maydonga tushadi.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика