"Manchester Siti" Xoland bilan shartnomani yangilamoqchi
19 apr 2023 18:29
Yangiliklar
"Manchester Siti" Xoland bilan shartnomani yangilamoqchi
Angliyaning "Manchester Siti" klubi hujumchi Erling Xolandga yangi shartnoma taklif qiladi.
22 yoshli forvard 2024 yil yozida 150 mln funtga jamoani tark etishi mumkin edi. Biroq ushbu band jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning kelajagiga bevosita bog'liq edi va mutaxassisning shartnomasi 2025 yilgacha uzaytirilgach, o'z kuchini yo'qotgandi.
Endilikda "Siti" Xoland bilan yangi shartnoma imzolash niyatida. Yangi hujjatda tovon puli bo'yicha band bo'ladimi yoki yo'q, hozircha nomalum.
Fikrlar