“Manchester Siti” Xavini “Nyu-York Siti” klubiga olib bermoqchi
14 jan 2014 12:29
Yangiliklar


“Manchester Siti” Xavini “Nyu-York Siti” klubiga olib bermoqchi
“Manchester Siti” klubi “Barselona” yarim himoyachisi Xavini “Nyu-York Siti” jamoasiga olib berish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.
Keyingi yili “Nyu-York Siti” MLSga chiqqanida “shaharliklar” 33 yoshli Ispaniya terma jamoasi futbolchisini amerikaliklar uchun olib berishi mumkin. Takidlab o'tamiz, “Nyu-York Siti” MLSning 20-klubiga aylanishi mumkin, deb xabar beradi The Telegraph.
Xabarlarga ko'ra, “Manchester Siti” xo'jayini “Nyu-York Siti”ga 300 million funtdan ortiq sarmoya kiritgan, bu esa o'z navbatida klubning MLSda moliviy jihatdan eng kuchli bo'lishini taminlaydi.
Eslatib o'tamiz, Xavining “Barselona” bilan tuzgan shartnomasi 2016 gacha davom etadi.

Fikrlar