"Manchester Siti" transfer borasida "Yuventus" bilan kelishib oldi
17 iyu 2019 22:46
Yangiliklar


"Manchester Siti" transfer borasida "Yuventus" bilan kelishib oldi
Man Siti jamoasi Yuventus bilan himoyachi Joau Kanseluning transferi borasida kelishuvga erishdi.
Goal'ning malum qilishicha, portugaliyalik futbolchining transfer narxi 60 mln. evroga baholanmoqda. Avvalroq, turinliklar Kanseluning o'rniga «Tottenxem» azosi Kiran Tripper hamda «Napoli»dan ketishi kutilayotgan Elseid Xyusayning nomzodlarini ko'rib chiqayotgandi.
Joau Kanselu 2018 yilda «Valensiya»dan «keksa seniora» tarkibiga kelib qo'shilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar