"Manchester Siti" "Tottenxem"ga Keyn uchun 100 mln evro taklif qilishi mumkin
01 jan 2021 11:51
Yangiliklar


"Manchester Siti" "Tottenxem"ga Keyn uchun 100 mln evro taklif qilishi mumkin
"Manchester Siti" yozgi transferlar oynasida "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni xarid qilishga urinib ko'radi.
Bu haqda Bild jurnalisti Kristian Falk xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "shaharliklar" futbolchi uchun 100 million evro to'lashga tayyorlar.
Keyn joriy mavsum "Tottenxem" safida Angliya Premer-ligasi doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 10ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar