So’nggi yangiliklar

14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  1 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  4 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  5 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1

"Manchester Siti" - "Tottenxem": "shaharliklar" noxush seriyaga chek qo'yishadimi? Yangiliklar

"Manchester Siti" - "Tottenxem": "shaharliklar" noxush seriyaga chek qo'yishadimi?

Angliya premer ligasida bugun 18-turning markaziy bahsi o'tkaziladi.

Engilmas "Manchester Siti" o'z uyida "to'rttalik"da ketayotgan "Tottenxem"ni mehmon qiladi.

"Etihad" stediumda Xosep Gvardiola hamda Mauricio Pochettino qarama-qarshligiga guvoh bo'lamiz.

Joriy mavsumda "Manchester Siti" premer ligada yakka hokimlikni o'rnatgan. "SHaharliklar" hali birorta mag'lubiyatga uchramasdan turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda.

"SHporlar" esa joriy mavsumda ichki chempionatda kutilganidek muvaffaqiyatli o'ynay olishmayapti. Garchi jamoa "kuchli to'rttalik"da ketayotgan bo'lsada, chempionlik uchun kurashdan allaqachon chiqib ketishgan. Lekin bu faktorlarni bugungi bahsga hech qanday aloqasi yo'q. Har qanday holatda ham "Tottenxem" turnir jadvalidagi o'z mavqeini yaxshilab olish uchun kurashadi. "Siti" esa mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirish bilan birgalikda birinchi davrani ko'tarinki ruhda tugatish ishtiyoqida.

SHuni alohida qayd etish kerakki, Pep hali Mauricio Pochettinoni rasmiy o'yinlarda mag'lubiyatga uchrata olmagan.
O'tgan yilgi mavsumda bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarning birida "Tottenxem"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, "Etihad"da o'tgan to'qnashuvda g'olib nomi aniqlanmagandi.

Faqatgina joriy mavsum boshlanishi arafasida o'tkazilgan o'rtoqlik turniridagi bellashuvda "Siti" "Tottenxem" ustidan zafar quchdi.

Demak Pep bugun Pochettino bilan o'zining shaxsiy hisob-kitobini joyiga qo'yishga qasdlangan.

"Manchester Siti" premer ligada so'nggi bor "Tottenxem"ni 2015 yil, 3 may kuni mag'lub etgandi. SHundan so'ng ketma-ket ikki mavsumdan buyon "Tottenxem" "Siti"ga yutqazmay kelmoqda.

O'zaro o'yinlar tarixidan:
Bu jamoalar jami 154 marotaba to'qnash kelishgan. "Tottenxem" 60 bor g'alaba qozongan bo'lsa, "Siti" 59 marta "shporlar"dan ustun kelgan. Qolgan 35 o'yinda esa durang qayd etilgan.

Bugun "Manchester Siti" o'zaro uchrashuvlardagi g'alabalar soni bo'yicha "Tottenxem"ga etib olishi mumkin.

"Manchester Siti" to'purari: Serxio Aguero (10 gol)

"Tottenxem" to'purari: Xarri Keyn (12 gol)


APL, 18-tur.
"Manchester Siti" - "Tottenxem" (22:30)
"Etihad" stedium.
Bosh hakam
: Kreyg Pavson.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика