"Manchester Siti" Torresdan so'ng yana bir transferni hal qildi
30 iyu 2020 17:37
Yangiliklar
"Manchester Siti" Torresdan so'ng yana bir transferni hal qildi
"Bornmut" himoyachisi Natan Ake faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.
"Siti" 43 million evro evaziga Natan Akening transferi borasida kelishuvga erishdi. Bitimni yakunlash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish kifoya.
Qayd etish kerakki, "Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola 25 yoshli o'yinchi bilan "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalini xarid qilish bo'yicha yuzaga kelayotgan muammolardan so'ng shartnoma imzolamoqchi edi.
Ake joriy mavsum "Bornmut" tarkibida APL doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar