"Manchester Siti" tez orada Kanselu bilan shartnoma imzolaydi
05 iyu 2019 13:33
Yangiliklar


"Manchester Siti" tez orada Kanselu bilan shartnoma imzolaydi
Joau Kanseluning "Manchester Siti"ga o'tishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi.
Jurnalist Dunkan Kastlsning xabar berishicha, "Yuventus" va "Manchester Siti" o'rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli o'tmoqda. Bitim tez orada imzolanadi.
Turin klubi o'z o'yinchisini sotishdan va daromad olishdan mamnun. "SHaharliklar" "Yuventus"ga 60 million evro to'lashlari kutilmoqda.
25 yoshli o'yinchi 2018/19 yilgi mavsum "Yuve" libosida 34ta bahsda maydonga tushib, 1ta gol va 8ta assistga erishgan.
Eslatib o'tamiz, Kanselu "Yuventus"dan oldin "Benfika", "Valensiya" va "Inter" klublarida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar