"Manchester Siti" skautlari "yangi Pirlo"ni kuzatishadi
24 noy 2019 17:40
Yangiliklar


"Manchester Siti" skautlari "yangi Pirlo"ni kuzatishadi
"Manchester Siti" skautlarni Italiya chempionatining 13-turidan o'rin olgan "Roma" va "Breshiya" o'rtasidagi uchrashuvga yuboradi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, Angliya klubi vakillarining maqsadi - A Seriyadagi debyutantlar yarim himoyachisi Sandro Tonalining o'yinini kuzatish.
Takidlanishicha, 19 yoshli italiyalikning "Manchester Siti"ga o'tishi keyingi mavsum oldidan sodir bo'lishi mumkin.
Tonali ushbu mavsumda 11 uchrashuv o'tkazib, bitta gol urdi va ikkita uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, "yangi Pirlo"ga "Yuventus", "Inter", "Real", PSJ va "Manchester Yunayted" klublaridan qiziqish borligi haqida xabar berilgandi.
"Roma" - "Breshiya" uchrashuvi 24 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar