"Manchester Siti" rahbariyati Osiyo klubini sotib oladi
06 sen 2019 13:53
Yangiliklar
"Manchester Siti" rahbariyati Osiyo klubini sotib oladi
Xabarlarga ko'ra, muzokaralar yakunlovchi bosqichga etib kelgan. "SHaharliklar" rahbariyati boshqa klublarni ham tanlashi mumkin edi, ammo "Mumbay Siti" ularga eng yoqqan variant bo'ldi.
"Biz haqiqiy futbol hissini uyg'otadigan bir necha bozor va davlatlarga qiziqish bildirdik. Bizni Xitoy va Hindiston ko'proq qiziqtirdi. Ammo biz 2 yildan buyon Hindistonga ahamiyat berayotgan edik. Menimcha, shu yili bu davlat klubiga investiciya kiritamiz", - deydi "Manchester Siti" ijrochi direktori Ferran Soriano.
Aytib o'tish kerakki, "Manchester Siti"ga egalik qiladigan City Football Group "Nyu-York Siti" (AQSH), "Melburn Siti" (Avstraliya), "Torke" (Urugvay) va "Sichuan" (Xitoy) klublariga ham rahbarlik qiladi.
SHuningdek, "Jirona" (Ispaniya) akciyalarining qo'shma nazorat paketi va "Yokogama Marinos" (Yaponiya)ning ham ozchilik akciya paketi aynan shu kompaniyaga tegishlidir.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar