"Manchester Siti" o'yinchisi APL rekordini o'rnatdi
20 fev 2020 14:46
Yangiliklar
"Manchester Siti" o'yinchisi APL rekordini o'rnatdi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri APL doirasidagi "Vest Xem" (2:0)ga qarshi o'yinda pas borasida ajoyib o'yin ko'rsatdi.
23 yoshli ispaniyalik futbolchi o'yin davomida 188ta pas berdi, ulardan 178tasi aniq (94,7% aniqlik). Ikkala ko'rsatkich ham 2003/04 yillarda Premer-liga statistikasi boshlangan beri rekord natija bo'ldi. Rodri bu o'yinda hisobni ochganini ham qo'shimcha qilish lozim.
Bundan tashqari, "Vest Xem" o'yinchilari butun bahs davomida 169ta pas berishdi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi "Manchester Siti"ga o'tgan yili "Atletiko"dan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar
11:39
"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" etakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi 9
Fikrlar