"Manchester Siti" "Napoli" himoyachisini sotib olmoqchi
09 may 2023 15:05
Yangiliklar
"Manchester Siti" "Napoli" himoyachisini sotib olmoqchi
"Manchester Siti" "Napoli" himoyachisi Kim Min Jeni qo'lga kiritish uchun kurashda "Manchester Yunayted" bilan raqobatlashishga tayyor.
Bu haqda "Fichajes" xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, ikkala klub ham futbolchining xizmatlari uchun 60 million evro taklif qilmoqda.
"SHaharliklar" yozda jamoani tark etadigan Emerik Lyaportning o'rniga koreyalik himoyachi variantini ko'rib chiqmoqda.
26 yoshli futbolchi "Napoli"da 2022 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Koreyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar