So’nggi yangiliklar

14:42U-16 Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси кутилмаганда Вьетнамга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 14:19"Барселона" шу ёзда яна иккита трансферни амалга ошириши мумкин. Клуб "Реал" собиқ ўйинчисига қизиқмоқда  0 13:14"Барселона" Канселуни "Сити"дан 20 млн еврога харид қилмоқчи, инглизлар эса...  1 12:38Гюндоган АПЛга қайтиши мумкин?!  3 12:01"Барселона" етакчиларидан бири клубга кетишни хоҳлаётганини айтди. Томонлар ўртасидаги муносабат бузилган  4 11:23"Реал" ўйинчисини 100 млн еврога Саудия Арабистонига сотмади  6 10:45Испания футболи афсонаси "Ал Насср"га кўчиб ўтишга яқин  8 10:21Бугун ўсмирларимиз халқаро ўртоқлик турнирининг иккинчи турида майдонга тушишади  1 09:55Sofascore. Алиқулов энг зўри, Турғунбоевчи?  10 09:31Абдуқодир Ҳусанов бугун ўтказиладиган "Анже" – "Ланс" учрашуви қайдномасига киритилдими?  3 09:03Mағлубият кечирилмади! "Ал Насср" раҳбарияти мураббийни ҳайдаб юборди  16 08:36"Байер" эртаги давом этади. Алонсо жамоаси тарихда илк бор Суперкубокни қўлга киритди  6 08:13Суперлига. Бугун Тошкентда дерби, "Бобур Арена"да "Андижон" "Сурхон"ни меҳмон қилади  4 07:25А Серия. "Милан" сўнги дақиқаларда камбек амалга оширди, Мората "Милан"даги биринчи голини урди, 1-тур ўйинлари битта саҳифада  6 06:50ЛаЛига. "Валенсия" - "Барселона" 1:2, Ямалдан ассист, Левандовский иккита урди   2

"Manchester Siti" "Liverpul"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Manchester Siti" "Liverpul"ni mag'lub etdi

Angliya chempionatining 2-turida "Manchester Siti" - "Liverpul" jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. Ushbu sahifa orqali uchrashuv tafsilotlari bilan tanishib borishingiz mumkin.

Angliya chempionati, 2-tur.

"Manchester Siti" - "Liverpul" 3:1

Gollar
: Yovetich (41, 55), Aguero (69), Sabaleta (83- o'z darvozasiga).

"Manchester Siti"
: Xart, Sabaleta, Kompani, Demichelis, Klishi, Fernando, Ture, Nasri, Silva (Navas, 65), Yovetich (Fernandino, 80), Jeko (Aguero, 69).

"Liverpul"
: Minole, Jonson, SHkrtel, Lovren, Moreno, Xenderson, Jerard, Allen (Jan, 75), Sterling (Lambert, 79), Koutino (Markovich, 59), Starrij.

Ogohlantirishlar
: Yaya Ture (29), Emre Jan (76).


                                         MATNLI TRANSLYACIYA

                                                   YANGILASH


Etiboringiz uchun tashakkur! Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol muxlislari! Keyingi uchrashuvlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha...

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Manchester Siti" o'z maydonida "Liverpul"ni mag'lub etdi!

90+4` "Liverpul" to'pga egalik qila olmayapti.

90+2` "Siti" futbolchilari to'pni nazorat qilishmoqda.

90` Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

89` Moreno oyog'ini qayirib oldi. "Liverpul" futbolchilariga nima bo'lmoqda?

88` SHkrtel maydonga qaytdi. Vaqt oz qolmoqda. "Liverpul" so'nggi choralarini qo'llab ko'rmoqda. 

87` SHkrtel ham maydonda yotibdi. Agarda bu himoyachi ham o'rinadan turmasa, "Liverpul" o'yinni ikkita himoyachi va ikki kishi kam bo'lib yakunlaydi.

86` Glen Jonson jarohat olib maydonni tark etdi. Mersisaydliklar barcha zaxira imkoniyatidan foydalanib bo'lishdi va qolgan daqiqalarni bir kishi kam bo'lib o'tkazishadi.

85` "Liverpul"da yana bir imkoniyat! Gol qani Lambert? Balki o'yindagi intriga qaytishi mumkin edi... Lambert biroz kech qoldi va zarbasi kuchsiz chiqdi...

83` GOOOOOOOOOOOOOOL! LAMBERT! Lambert qanotdan oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, lekin Jo Xart o'zini ko'rsatdi. Qaytgan to'pni esa Sabaleta o'z darvozasiga yo'llab qo'ydi, 3:1.

80` Bugungi o'yin qahramoni - Yovetich maydonni tark etmoqda. Fernandino uning o'rniga tushirildi.

79` "Liverpul"ning so'nggi o'zgartirishi. Lambert Sterling o'rniga qolgan daqiqalarda harakat qiladi.

76` Emre Jan maydonga tushishini sariq kartochka bilan nishonlamoqda.

75` Allen o'z o'rnini Emre Janga bo'shatib berdi.

72` O'yin taqdiri butkul hal etildi desak mubolag'a bo'lmaydi.

70` Hozirgina maydonga tushgan Aguero o'zining ilk to'pga tegishi bilanoq darvozani ishg'ol etmoqda. Navasning uzatmasidan so'ng Aguero himoyachidan qochib ketdi va o'zining aniq zarbasi bilan hisobni yirik ko'rinishga keltirdi, 3:0!

69` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AGUERO!

69` Serxio Aguero Edin Jeko o'rniga tushdi.

68` Stevan Yovetich bugun o'zining ajoyib o'yinini o'tkazmoqda.

66` "Manchester Siti" tarkibida o'zgarish ruy berdi. Silva o'rniga Navas tushdi.

65` Starrij!!!!!!!!!!! Ajoyib harakat, kuchli zarba! Lekin Jo Xart o'z o'rnida!

63` "Liverpul"ga birinchi bo'limdagi shijoatkorlik etishmayotgandek...

61` "Liverpul" jamoasi hisobni qisqartirishi mumkin edi. Lekin Starrijning zarba berishiga himoyachilar yo'l qo'yishmadi.

59` "Liverpul" safida o'zgarish. Koutino o'z o'rnini Markovichga bo'shatib bermoqda.

57` Stevan Yovetich bugun o'z dublini nishonlamoqda. Ha, Negredo o'ziga yangi jamoa qidirishi mumkin, shekilli...

56` "Manchester Siti" ajoyib kombinacion hujumni tashkil etdi. Nasrining jarima maydonchasi tomon oshirib bergan to'pini Yovetich darvoza joyladi, 2:0!

55` GOL! GOL! GOL! GOL! GOL! GOL! Y-O-V-E-T-I-CH!

54` Barcha Jerarddan zarba kutayotgan edi. Lekin Jerard jonli devorning ustidan ko'tarib to'pni jamoadoshiga tashlab berdi. Lekin himoyachilar bu vaziyatni o'z vaqtida "o'qiy" olishdi.

53` Stiven Jerardning nuqtasidan jarima to'pi. To'p oldida siz tanigan Stiven Jerard!

52` Jekoga Agueroning tezligi etishmayapti. Agarda bosniyalik hujumchi biroz chaqqonroq bo'lganida hozirgacha kmida bitta gol kiritgan bo'lishi mumkin edi.

50` Silvaning ajoyib pasini qabul qilib olgan Jekoga biroz tezlik etishmadi. Darvozabon bilan birga-bir chiqib borayotgan bir paytda, Edin Jeko to'pni raqib himoyachisiga oldirib qo'ydi. Qulay vaziyat qo'ldan boy berildi.

49` Gol! Daniel Starrij hisobni tenglashtirdi. Lekin offsayd!

47` Demichelis "Liverpul"ning hujumini buzib qo'ydi.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45` Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!

42` Nasrining jarima maydonchasi tomon uzatgan to'pini Silva qabul qilishda xatoga yo'l qo'ydi. Lekin SHkrtelga kelayotgan to'pni Yovetich oldi va tezda darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Bu vaziyatda Minole hech narsa qila olmadi. Zarbani kuchi Minolening oyoqlari orasini teshib o'tdi, 1:0.

41` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  YOVETICH! STEVAN YOVETICH! Y-O-V-E-T-I-CH!

38` To'liq ustunlik "Liverpul" tarafida.

36` "Siti" himoyada o'ynashdan charchamayapti. Jeko va Yovetich ko'rinmay qolishdi.

33` Daniel STARRIJ! AJOYIB! Hujumchi bir haraqati bilan Kompanini ortda qoldirdi va darvozaning yaqin burchagiga kuchli zarba yo'lladi. Lekin Xart o'z o'rnida!

31` Sterlingdan super pas! Lekin yana mezbonlar himoyachilari ishonchli harakat qilishdi.

30` "Liverpul" sanoqsiz jarima to'plariga ega chiqmoqda. Lekin har safar ham Jo Xart va himoyachilar "Liverpul" futbolchilarini ikkinchi qavatda mag'lub etishmoqda.

28` Yaya Ture zo'r o'yladi. Lekin uning o'ylagan, aniqrog'i, uzatgan to'pi Jeko tomon o'tmadi. Aks holda Jekro Minole bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borardi. Lekin SHkrtel bu vaziyatda aniq o'ynadi va to'pni olib qo'ydi.

26` Futbolchilar oddiy vaziyatda tup uzatishda xatolikka yo'l qo'yishmoqda. Mavsum endi boshlanganligini hisobga olsa, bu normal holat.

25` Bugun "Liverpul" jamoasi Mario Balotellini sotib olganini rasman elon qildi. Ushbu "g'aroyib" futbolchi ayni paytda stadiondan turib ushbu bellashuvni kuzatib bormoqda.

24` Minolega qarshi Fernando o'yin qoidasini buzdi.

22` Stiven Jerardning jarimadan oshirib bergan to'pini Jo Xart mushtlari bilan urib yubordi. Xavf bartaraf etildi.

20` O'yin tinchlandi. "Siti" to'pni o'z jarima maydonchasi oldida ushlab turibdi.

18` "Siti" va "Liverpul" futbolchilari hujum qilishdan charchashmayapti. Lekin hozircha har ikkala jamoa himoyachilari ishonchli harakat qilishmoqda.

17` "Liverpul"ning hujumlarini "Siti" himoyachilari bartaraf etishmoqda. 

16` "Siti" hujumga o'tdi. Yaya Turening zarbasini Minole qaytardi.

15` "Liverpul" burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin jarima maydonchasi ichida Kompani va SHkrtel to'psiz kurashga kirishib ketishdi. Natijada mezbonlar foydasiga jarima to'pi belgilandi.

14` Klishining jarima maydonchasi tomon uzatgan to'piga Sabaleta zarba berdi. Lekin noaniq.

13` Tashabbus mehmonlar tarafiga o'tgandek. 

11` Stiven Jerardning jarimadan yo'llagan zarbasini Jo Xart ushlab oldi.

10` AJOYIB! Stiven Jerard Sterling taraf to'pni uzoqdan oshirdi. Tinib-tinchimas Sterling to'pni gavdasi bilan to'xtatib oldi va chalqancha usulda zarba yo'lladi. Ammo zarba kuchsizroq va noaniq chiqdi.

8` Jekoda qulay vaziyat yuzaga kelgandi. Lekin Bosniya va Gercegovina terma jamoasi hujumchisining zarbasi kuchsiz chiqdi.

7` Klishi hozir juda yaxshi o'ynadi. "Liverpul"ning hujumi rivojlanayotgan bir paytda Klishi to'pni raqibidan olib qo'ydi va tezkorlik bilan jamoasini oldinga chorladi. Silva jarima maydonchasi ichiga kirayotishda to'pni yo'qotdi.

5` "Liverpul"ning shiddatli hujumlari boshlandi! Sterling va Starrijning faolligi mehmonlarni hujumini rivojlantirgandi. Ammo mezbonlar himoyasi ishonchli tarzda harakat qildi.

4` "Siti" hujumga o'tmoqda. "Liverpul" hozircha himoyalanish bilan band. Ularni boshqa choralari ham yo'q.

3` Uyquni futbolga almashgan muxlislar bugungi matchdan jozibador o'yin kutishayotgani aniq.

2` O'yinni har ikkala jamoalar tezkorlik bilan boshlashdi.

1` Uchrashuv boshlandi! "Ettixad stedium"dagi o'yin start oldi!

SHiddatli kechishi kutilayotgan bellashuv sanoqli soniyalardan so'ng start oladi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Angliya chempionatining 2-turidan o'rin olgan markaziy bahs "Manchester Siti" - "Liverpul" o'rtasida kechadigan bellashuvni saytimiz orqali matnli onlayn translyaciya qilib boramiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.


Uchrashuv soat 00:00da boshlanandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика