“Manchester Siti“ himoyachisi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
14 iyu 2025 09:28
Yangiliklar
“Manchester Siti“ himoyachisi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi “Manchester Siti” qanot himoyachisi Kayl Uokerga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda jurnalist Yagiz Sabuncuog'lu xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, Istanbul klubi rahbariyati futbolchiga allaqachon taklif bilan chiqqan. Qayd etilishicha, Uoker kamida ikki yillik shartnomaga ega bo'lmoqchi. Agar himoyachi “Fenerbaxche“ bilan kelishuvga erishsa, “Manchester Siti“ uni tekinga qo'yib yuborishga tayyor. Turk klubi allaqachon futbolchining agentlari bilan muzokara olib bormoqda.
O'tgan mavsumda Uoker “Milan“da ijara asosida o'ynadi. Angliyalik futbolchi barcha turnirlarda “rossoneri”ning 14 ta uchrashuvida ishtirok etdi. Futbolchining “Manchester Siti“ bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar