"Manchester Siti" Gvardiolaga o'rinbosar topdi
16 okt 14:35
Yangiliklar
"Manchester Siti" Gvardiolaga o'rinbosar topdi
Xosep Gvardiolaning "Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil yozida tugaydi.
"Manchester Siti" rahbariyati mavsum tugagach Gvardiola klubdan ketsa, unga o'rinbosar sifatida "Sporting" ustozi Ruben Amorimni olib kelmoqchi.
39 yoshli Amorim yozda "Siti" sport direktoriga aylanadigan Ugo Viana bilan yaxshi tanish. Amorimni "Liverpul", "CHelsi" va "Vest Xem" kabi top-klublar kuzatishmoqda.
Portugaliyalik murabbiy "Sporting"ni 2020 yil mart oyidan buyon boshqarmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyiga qadar mo'ljallangan. Amorim qo'l ostida "Sporting" bir marta Portugaliya Superkubogi, uch marta Portugaliya kubogini qo'lga kiritdi va ikki bor Portugaliya chempioniga aylandi.
Fikrlar