"Manchester Siti" futbolchisi bilan 80 million funt evaziga xayrlashishga tayyor
16 mar 2020 18:14
Yangiliklar
"Manchester Siti" futbolchisi bilan 80 million funt evaziga xayrlashishga tayyor
"Manchester Siti" yarim himoyachi Riyod Mahrezni qo'yib yuborishga tayyor.
Buning uchun davogar klub "Siti"ga kamida 80 million funt to'lashi kerak. "SHaharliklar" agar futbolchi klubini o'zgartirmoqchi bo'lsa, uni jamoada ushlab turmoqchi emas.
Oldinroq, 29 yoshli jazoirlik futbolchiga PSJ qiziqish bildirgani haqida xabarlar yangragan edi. Taxminlarga ko'ra, Mahrez "Siti"ning kelasi ikki mavsum CHempionlar ligasida qatnasha olmasligi ortidan jamoadan ketmoqchi.
Xavbek joriy mavsum Angliya chempionatida 23ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 8ta assist qayd etgan.
Fikrlar