"Manchester Siti" Evro-2020dan so'ng Sterlingga yangi shartnoma taklif qiladi
15 iyu 2021 15:12
Yangiliklar
"Manchester Siti" Evro-2020dan so'ng Sterlingga yangi shartnoma taklif qiladi
"Manchester Siti" forvardi Rahim Sterling klub bilan shartnomasini uzaytiradi.
"SHaharliklar" rahbariyati 26 yoshli o'yinchiga Evro-2020dan so'ng yangi bitim taklif qiladi.
Oldinroq, Sterling ortiq Xosep Gvardiolaning rejalariga kirmasligi aytilgan edi, ammo bu malumot tasdig'ini topmadi.
Sterlingning "Siti" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi o'tgan mavsum 49ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 12ta assist qayd etdi.
Fikrlar