"Manchester Siti" egalari Braziliya klubini sotib olish uchun taklif yubordi
24 sen 2022 23:29
Yangiliklar


"Manchester Siti" egalari Braziliya klubini sotib olish uchun taklif yubordi
"Manchester Siti" klubiga egalik qiluvchi City Football Group kompaniyasi Braziliyaning "Bahia" jamoasi uchun 1 mlrd real (174,9 mln funt) taklif qildi.
Tashkilot Braziliyaning ikki karra chempionining 90% ulushini sotib olmoqchi. Agar kelishuv amalga oshsa, bu ular egalik qilayotgan 13-klubga aylanadi.
Eslatib o'tamiz, City Football Group 2008-yil "Manchester Siti" egaligini qo'lga kiritgandi. Ularning so'nggi sotib olgan klubi esa Italiyaning "Palermo" klubi (80% ulush) sanaladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar