"Manchester Siti" ECHLdan chetlatilishi mumkin
14 may 2019 00:30
Yangiliklar


"Manchester Siti" ECHLdan chetlatilishi mumkin
UEFAning moliya ishlari bo'yicha taftish komissiyasi Manchester Sitini moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi sabab Evrokuboklardan chetlatishi mumkin.
Manbaning xabar berishicha, komissiya rahbari Iv Leterm "shaharliklar”ning kamida bir mavsum diskvalifikaciyaga erishmoqchi.
Ingliz klubi feyr-pley bo'yicha 2014-yilda taqdim etilgan xujjatlarga noto'g'ri malumotlarni kiritganlikda ayblanmoqda. SHuningdek, jamoa homiy tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalardagi mablag'larni to'liq ko'rsatmaganlikda ham gumon qilinmoqda.
Eslatib o'tamiz, UEFA 2014-yilda «Man Siti»ni 49 mln. funt jarimaga tortgan, klubning ECHL uchun elon qilinadigan futbolchilar qaydnomasini qisqartirgan va 2 mavsum futbolchi sotib olish imkoniyati cheklashga qaror qilgandi.
APLning joriy mavsum chempioni esa ularga qo'yilayotgan barcha ayblovlarni keskin rad etmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar