"Manchester Siti" de Bryuynega yangi shartnoma taklif qilmoqda
08 mar 2020 10:50
Yangiliklar


"Manchester Siti" de Bryuynega yangi shartnoma taklif qilmoqda
"Manchester Siti" rahbariyati yarim himoyachi Kevin de Bryuyne bilan shartnomani uzaytirishga tayyor.
"Goal" xabariga ko'ra, "shaharliklar" xavbek bilan shartnomani 2025 yilning yoziga qadar uzaytirishga tayyor turishibdi. Unga ko'ra, futbolchining maoshi yiliga 21 mln evroni tashkil qiladi.
De Bryuynening "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi. U 2015 yildan buyon jamoa sharafini himoya qilmoqda.
Ushbu mavsumda u jamoa tarkibida 35 o'yinda 9 gol va 20 assistentlik qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
07:25
Husanov tarixga kirishi mumkin! Bugun “Manchester Siti“ klublar o'rtasidagi yurishini boshlaydi 9

Fikrlar