

Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng "shaharliklar" to'plar nisbati bo'yicha Angliya chempionatining so'nggi 125 yildagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Manchester klubi 15ta uchrashuvda 45ta gol urdi va 7 marta o'z darvozasidan to'p olib chiqdi. To'plar nisbati +38 ni tashkil qildi.
So'nggi bor 125 yil oldin (1892/93) mavsumning shu qismida "Sanderlend" +39 to'plar nisbatini qayd etgan edi.



