"Manchester Siti" APL rahbariyatini sudga berdi
05 iyu 2024 01:50
Yangiliklar
"Manchester Siti" APL rahbariyatini sudga berdi
"Manchester Siti" Angliya Premer-ligasi rahbariyatini sudga berdi.
Manbaga ko'ra, "shaharliklar" ligani aloqador tomonlar bilan bitimlar bo'yicha diskriminaciyada ayblamoqda.
Premer-liga rahbariyati klublarga klub egalari bilan bog'liq bo'lgan kompaniyalar bilan shartnomalar tuzishni taqiqlaydi. "Manchester Siti" bu qarorni Yaqin SHarq mamlakatlari vakillariga nisbatan kamsitish, deb hisoblaydi.
6 fevral kuni Premer-liga "Manchester Siti"ni ko'pgina moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybladi. Malumotlarga ko'ra, klub 2009/10 yilgi mavsumdan 2017/18 yilgi mavsumgacha moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan. Agar aybdor deb topilsa, "Siti"ni bir qator jazolar kutmoqda, jumladan, klubdan ochkolar olib tashlanishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar