"Manchester Siti" Angliya rekordini o'rnatdi
11 fev 2021 08:40
Yangiliklar


"Manchester Siti" Angliya rekordini o'rnatdi
"Manchester Siti" Angliya kubogi 1/8 final doirasida safarda "Suonsi"ni (3:1) mag'lubiyatga uchratdi.
Bu "shaharliklar" uchun barcha musobaqalardagi ketma-ket 15-g'alaba bo'ldi. Pep Gvardiola jamoasi Angliyaning yuqori divizioni jamoalari o'rtasidagi rekordni o'rnatdi.
Bu oraliqda manchesterliklar 40 ta gol urib, 5 ta to'pni o'z darvozalaridan olib chiqishdi. 10 ta o'yinda darboza dahlsizligini saqlab qolishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar