"Manchester Siti" 50 mln evrolik futbolchiga ko'z tikdi
07 apr 19:38
Yangiliklar


"Manchester Siti" 50 mln evrolik futbolchiga ko'z tikdi
"Manchester Siti" "Aston Villa"ning 22 yoshli hujumkor yarim himoyachisi, ilgari "shaharliklar"ning yoshlar jamoalarida o'ynagan Morgan Rojersga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
"TEAMtalk" xabariga ko'ra, mankunianlar bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Rojersni tarkibga qo'shib olishga umid qilmoqda. Takidlanishicha, "Manchester Siti" 22 yoshli futbolchining transferi uchun juda katta taklif berishi kerak bo'ladi, chunki "Aston Villa" o'tgan yilning noyabr oyida u bilan shartnomani uzaytirgan.
Rojers ushbu mavsum barcha musobaqalarda 44 o'yinda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, uning transfer qiymati 50 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
DIYDIYU ....
Undan ko'ra PSG dan Desire Due / Barcola ni olsin bo'ldi, o'zi Marmoush, Foden ,Kabi lari ko'p bo'lsa