"Manchester Siti" 29 yoshli darvozabon bilan tekinga shartnoma tuzadi
24 iyu 2022 18:01
Yangiliklar
"Manchester Siti" 29 yoshli darvozabon bilan tekinga shartnoma tuzadi
"Arminiya" darvozaboni SHtefan Ortega "Manchester Siti"ga o'tadi.
Jurnalist Florian Plettenbergning xabariga ko'ra, 29 yoshli nemis Angliya klubi bilan 2025 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolaydi.
Qayd etish kerakki, "Manchester Siti" darvozabon bilan tekinga shartnoma imzolaydi, sabab uning nemis klubi bilan shartnomasi 30 iyunda yakuniga etadi.
Ortega o'tgan mavsum "Arminiya" safida barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikrlar