Manchester klublari Rodon uchun kurashadi

11 apr 2020, 07:55
“Suonsi” himoyachisi grandlar nazariga tushdi.

“Manchester Yunayted” hamda “Manchester Siti” klublari “Suonsi Siti”ning 22 yoshli himoyachisi Jo Rodon uchun kurash olib boradigan bo'ldi. Ikkala klub ham Uels terma jamoasi himoyachisini yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi.

Rodonning transferi 20 mln funtga baholanmoqda.

Joriy mavsum futbolchi Chempionship doirasida “Suonsi” safida 21 ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Wales Online