Manba: Umtiti ijara asosida "Lechche" sharafini himoya qiladi

Sherzod Nurmatov
20 avg 2022, 19:35
"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti "Lechche" ga o'tishga yaqin, deya xabar berdi jurnalist Janluka Di Marcio.

Manbaga ko'ra, 29 yoshli himoyachi ijara asosida o'ynaydi. Muzokaralar yakuniy bosqichga etgan.

"Barselona" Umtiti bilan shartnomasini 2026 yil oxirigacha uzaytirib, maoshini kamaytirgandi.

Umtiti o'tgan mavsum "Barselona" safida 1 ta o'yinda maydonga tushgan. Futbolchi oxirgi 3 mavsum Kataloniya klubida 35 ta o'yinda qatnashgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com