Manba: UEFA Rossiya klublariga qo'yilgan taqiqni o'z kuchida qoldiradi
24 jan 2023 20:10
Yangiliklar
Manba: UEFA Rossiya klublariga qo'yilgan taqiqni o'z kuchida qoldiradi
Bunga sabab mamlakatning urush harakatlarini hali ham davom ettirayotgani.
Rossiya klublariga qo'yilgan taqiq o'z kuchida qoladi. Bu haqida Sky Sports jurnalisti Rob Xarris xabar berdi. Manbaning malum qilishicha, UEFA rus klublariga qo'yilgan taqiqni olib tashlamaydi. Bunga sabab qilib Ukrainadagi urushning hali ham davom etayotgani qo'rsatilgan. Ukrainadagi aziyat davom etaverar ekan, bu chetlatish katta ehtimol bilan o'z kuchida qoladi.
Avvalroq xabar berilganidek, bugun UEFA va Rossiya futbol ittifoqi aynan shu masala bo'yicha yig'ilish o'tkazishlari kerak edi.
Fikrlar