Manba: Gleyzerlar MYUni sotishga tayyor
23 noy 2022 17:01
Yangiliklar
"Sky Sports" xabariga ko'ra, Gleyzerlar oilasi tez orada "Manchester Yunayted"ni qisman yoki to'liq sotish imkoniyatini qidirayotganini elon qiladi. SHuningdek, ular tashqi sarmoya yoki uchinchi tomon bilan hamkorlik qilish imkoniyatlaridan manfaatdor.
Gleyzerlar 2005 yilda "Manchester Yunayted"ni 790 million funtga sotib olishgan. SHu bilan birga, amerikalik ishbilarmonlar ushbu shartnoma uchun pulni kreditga olib, klub daromadi hisobidan to'lashdi.
"Manchester Yunayted"ning bozor kapitallashuvi hozirda 1,81 milliard funtga baholanmoqda. Gleyzerlar 5 milliard funt sterlingdan boshlanadigan savdo takliflarini ko'rib chiqishga tayyor.
Fikrlar