Manba: Dzyuba "Adana Demirspor" bilan shartnomani bekor qildi
06 noy 2022 11:07
Yangiliklar
Manba: Dzyuba "Adana Demirspor" bilan shartnomani bekor qildi
Artyom Dzyuba "Adana Demirspor" bilan shartnomani bekor qildi.
Bu haqda insayder Ivan Karpov o'z telegram kanalida xabar berdi. Rasmiy xabar hali berilmadi.
Dzyuba turk klubiga 2022 yilning yozida erkin agent maqomida o'tgan edi.
34 yoshli hujumchi yangi jamoasida barcha musobaqalarda 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Uning "Adana Demirspor" bilan kelishuvi bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Jamoa 12 turdan so'ng 23 ochko jamg'argan holda, Turkiya chempionatida 4-o'rinda bormoqda.
Fikrlar