Manba: "Barselona" Malkomni "Roma"dan ilib ketdi

Aslanov Jasurbek
24 iyul 2018, 18:03
"Bordo" hujumchisi Malkom faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi, deb xabar beradi Janluka Di Marcio.

Kecha "Roma" matbuot xizmati rasmiy tarzda futbolchi bilan kelishib olganini ma'lum qilgandi. Unga ko'ra, Malkom samolyotda Rimga jo'nab ketishi va "Roma"da tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak edi. Biroq "Bordo" uning parvozini bekor qildi. "Barselona" futbolchi uchun 41 mln evro taklif qildi. Bu esa "Roma"dan 3 mln evroga ko'proqdir.

Jurnalistning xabariga ko'ra, uning "Barselona"ga o'tishi "Bordo" rahbariyati va agentlarining ishi. Shu boisdan "Roma" futbolchi uchun taklifni yanada yaxshilagan. Biroq "Bordo" bunga rad javobini bergan.

Malkom endi "Roma" emas "Barselona"ga o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio