So’nggi yangiliklar

09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  1 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  2 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  4 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  2 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  11 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0

Mana nima uchun klublarga Xitoy, AQSH, Avstraliya turnelari kerak? Yangiliklar

Mana nima uchun klublarga Xitoy, AQSH, Avstraliya turnelari kerak?

Evropaning etakchi klublari ananalarga sodiq qolgan holda yilda bir marotaba AQSH, Xitoy, Singapur va Avstraliyada bo'lib o'tadigan turnirlarda ishtirok etadilar.

Ushbu turnelar orqali jamoalar yangi mavsumga tayyorlanish bilan birga, mo'maygina pul ham ishlab topadilar.

Ayni paytda ham mazkur toifadagi o'rtoqlik turnirlari davom etmoqda.

International Champions Cup deb nomlanuvchi ushbu musobaqalarni MLSdagi "Mayami Dolfins" klubi egasi Stiven Ross o'ylab topgan. Unga qarashli stadionda keyingi hafta ICCning eng muhim o'yini: "El-Klassiko" bo'lib o'tadi.

Ammo, faqat ushbu turnirdagi emas, AQSHdan tashqari joyda bo'lib o'tadigan boshqa etakchi jamoalar ishtirokidagi o'yinlar ham muxlislar o'rtasida katta qiziqish uyg'otadi.

Etiboringizga ushbu mavsumda mana shunday o'yinlarga oid malumotlar va suratlarni taqdim etamiz.

Manchester Siti – Manchester Yunayted (0:2) – 67401 tomoshabin. NRG Stadium (Xyuston, AQSH).


Britaniyadan tashqarida bo'lib o'tgan ilk Manchester derbisi Texasdagi muxlislar o'rtasida anshlagni yuzaga keltirdi.







Yuventus – Barselona (1:2) – 82104 tomoshabin. MetLife Stadium (Ist-Raterford, AQSH).

ECHL-2015 finalchilari ishtirokida Nyu-Jersida bo'lib o'tgan futbol o'yini muxlis yig'ish borasida shaharning yangi rekordini o'rnatdi.





Sidney – Arsenal (0:2) – 80432 tomoshabin, ANZ Stadium (Sidney, Avstraliya)

Arsenal 40 yilda ilk marotaba Avstraliyaga tashrif buyurdi.





Lester – Liverpul (1:2) – 39498 tomoshabin, Hong Kong Stadium (Gonkong, Xitoy).

Yurgen Klopp jamoasi ilk marotaba har ikki yilda Osiyoda tashkil qilinadigan "The Premier League Asia Trophy" turnirida ishtirok etdi.




Roma – PSJ (1:1) – 36289 tomoshabin, Comerica Park (Detroyt, AQSH).

Beysbol stadionidagi futbol





Bavariya – Milan (0:4) – 39998 tomoshabin, Longgang Stadium (SHenchjen, Xitoy).


Xitoylik muxlislar kamdan-kam bo'ladigan hodisani o'z ko'zlari bilan ko'rdilar: Germaniya chempioni yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi.




Los-Andjeles Gelaksi – Manchester Yunayted (2:5) – 25667 tomoshabin, StubHub Center (Karson, AQSH).

MYUning Amerikadagi turnesi Gelaksi stadionida boshlandi.




PSJ – Tottenxem (2:4) – 33322 tomoshabin, Camping World Stadium (Orlando, AQSH).

Ikki jamoa JCH-1994ga mezbonlik qilgan stadionda haqiqiy shou uyushtirib berishdi.

sports.ru sayti materiallari asosida tayyorlandi

Muallif : Aziz Tukhtamuradov
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика