O'zbekiston, Koreya va Yaponiya peshqadam, Xitoy va qo'shnilarimiz hali ochko olishmadi. Bugungi o'yinlar va guruhlardagi holat

Tolibjon Qosimov
15 okt 2024, 12:27
Bugun Osiyo qitasida JCH-2026 3-saralash bosqichi 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

"A" guruhidan joy olgan O'zbekiston terma jamoasi o'z maydonida BAAni qabul qiladi, bahs "Bunyodkor" stadionida 19:00da start oladi. Shu o'rinda bugungi o'yinlar ro'yxati bilan tanishtirib o'tamiz.

JCH-2026 3-saralash bosqichi

4-tur o'yinlari

15.10.2024

"A" guruhi

19:00. O'zbekiston - BAA

19:00. Qirg'iz Respublikasi - KXDR

21:00. Eron - Qatar

"B" guruhi

16:00. Koreya Respublikasi - Iroq

21:00. Falastin - Kuvayt

21:00. Iordaniya - O'mon

"S" guruhi

15:35. Yaponiya - Avstraliya

17:00. Xitoy - Indoneziya

23:00. Saudiya Arabistoni - Bahrayn

OFK e'lon qilgan bu jadvalda har bir to'qnashuv o'sha o'yin bo'lib o'tadigan mamlakatning mahalliy vaqti bilan ko'rsatilgan.


JCH-2026 3-saralash bosqichi 4-turidan oldin guruhlardagi holat

"A" guruhida O'zbekiston va Eron peshqadam bo'lib turishibdi va ikkita to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma uchun aynan shu jamoalar asosiy davogar. Osiyo Kubogi g'olibi Qatar esa bu bosqichda omadsiz start oldi. Qo'shni Qirg'iz Respublikasi hali ochko olmagani achinarli.


"B" guruhida ham biznikidagi kabi ikkita peshqadam bor: Koreya Respublikasi va Iroq. Qizig'i, bugun aynan shu jamoalar o'zaro to'qnash kelishadi va kim yakka peshqadamga aylanishini aniqlab olishadi yoki birgalikda jadvalni boshqarishda davom etishadi. Iordaniya esa hali yana qo'sha oladi, nazarimda.


"S" guruhida Yaponiyaning statistikasi dahshatli. Yaponlar 3 o'yinda hali birorta gol o'tkazib yuborishmadi va 14ta gol urishdi. Tabiiyki, uchta g'alaba. Kunchiqar yurt futbolchilari yo'lidan chiqqan raqibni yamlamay yutmoqda. Saudiya Arabistoni esa Manchini qo'l ostida pastga sho'ng'ishda davom etmoqda: 3 o'yinda 4 ochko. Bu guruhda qator futbolchilarni mahalliylashtirayotgan va koreyalik mashhur mutaxassis Shin Tae Yong boshqarayotgan Indoneziya ko'pchilikka syurpriz bo'lishi tayin. Xitoy esa hali umuman ochko olmadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia