"Man Siti"ga shveytsariyalik futbolchi kerak

2 noya 2020, 01:47
"Borussiya M" himoyachisi Denis Zakariya faoliyatini APLda davom ettirishi kutilmoqda.

Bild xabariga ko'ra, "Manchester Siti" shveytsariyalik futbolchining transferiga jiddiy kirishgan. "Shaharliklar" rahbariyati Denisni kelasi yozda xarid qilmoqchi. Nemis jamoasi ham Zakariyani qo'yib yuborishga qarshi emas. Faqat buning uchun "Manchester Siti" 50 mln evro to'lashi talab qilinadi.

Ma'lumot uchun, 23 yoshli himoyachi "Borussiya" safiga 2017 yilda "Yang Boyz" klubidan kelib qo'shilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild